Olimlar koinotdagi «Qora tuynuk»dan chiqadigan tovushlarni magnit lentasiga yozib olishdi…

0

 

Astronom olimlarning aytishiga ko'ra, koinotdagi «Qora tuynuk»dan chiqayotgan tovushlar aslida gravitatsiya to'lqinlari hisoblanadi. Agar Eynshteyn ta'limotiga nazar tashlansa, bu tovushlar qora tuynuk to'g'risidagi barcha haqiqatlarni aniqlashda yordam beradi. Ya'ni, tovushlarga qarab qora tuynukning vazni, qachon paydo bo'lgani va boshqalarni aniqlasa bo'ladi.

Olimlar ilgari ham qora tuynukdan taraladigan tovushlarni aniqlashga harakat qilishgan. Ammo vaqt-soati endi kelibdi. Yaqin kelajakda olimlar qora tuynuk haqidagi barcha ma'lumotlarni aniqlab, keng omma e'tiboriga havola etishni rejalashtirishgan.