Jalolovdan xurmatga sazovor harakat! U nokaut qilgan raqibining holidan xabar oldi (+video)

0

Shu kunlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati o'tkazilmoqda. O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov (+91) chorak finalda amerikalik Richard Torresga qarshi to'qnash kelib, ilk raunddayoq raqibini chuqur nokautga uchratgani haqida xabar bergandik.

Bellashuvdan keyin Torres tez yordam mashinasida mahalliy shifoxonlardan biriga olib ketilgani ma'lum bo'ldi. Bundan xabar topgan, Jalolov esa uning holidan xabar olish uchun bordi.

«Bizning raqibligimiz faqat ringda, hayotda biz aka ukamiz, bir maqsad sari yo'lda do'stmiz. Allohga shukur sog'lig'i joyida!», deya qayd etgan 25 yoshli charm qo'lqop ustasi.