Musulmonlar g'azabda

0

Bi-bi-si xabariga ko'ra, Kanada Bosh vaziri 18 yil avvalgi fotosurati uchun uzr so'radi.

Jastin Tryudo bu suratda oq sallada aks etgan, qo'ng'ir rang grimda bo'lgan.

Fotosurat maktab bazmida olingan.

Uni «The Time» jurnali chop etgan.

Buning ortidan Kanada Bosh vaziri jurnalistlarga izoh bergan.

«Ming bir kecha» arab ertagi mavzusidagi bazm sabab, o'shanda Alovuddin qiyofasiga kirganligini aytgan.

Jastin Tryudo fotosuratning «irqchi» mazmunda ekanini e'tirof etgan.

Kanada Bosh vaziri «Qattiq afsusda» ekanini bildirib, kaltabinlik qilgani»ni aytgan.

So'nggi hodisadan so'ng Kanada Musulmonlar kengashi o'zining taajjub va noroziliklarini izhor etgan.