Oltin to'p-2019. Da'vogarlarning nomi qachon e'lon qilinishi hamda taqdirlash marosimi o'tkaziladigan sana ma'lum bo'ldi (batafsil)

0

France Football «Oltin to'p» mukofotiga 30 nomzodning ro'yxatini 21 oktyabr kuni e'lon qiladi. Taqdirlash marosimi esa 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida o'tkaziladi.

«Chelsi»ning sobiq hujumchisi Didye Drogba esa mazkur sovrinning rasmiy elchisi sifatida tayinlandi.

Shuningdek, bo'lajak marosim vaqtida eng yaxshi ayol futbolchi (20 nafar da'vogar orasidan tanlanadi) uchun «Oltin to'p», 21 yoshgacha futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin (10 nafar da'vogar orasidan tanlanadi) taqdim etiladi.

Yana qo'shimcha sifatida France Football mazkur yildan boshlab eng yaxshi darvozabonga  «Lev Yashin sovrini»ni (10 nafar da'vogar orasidan tanlanadi) topshiradi.

Eslatib o'tamiz, 2018-yilning eng yaxshisi nomi «Real» hamda Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etgandi.