Rossiyada ishlab chiqarilgan MS-21 avialayneri “Texnofest” xalqaro festivalida muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirdi!

0

Rossiyada ishlab chiqarilgan MS-21 avialayneri Istambulda bo'lib o'tayotgan “Texnofest” xalqaro festivalida muvaffaqiyatli sinov parvozini amalga oshirdi.
MS-21 uzoq masofalarga uchishga mo'ljallangan bo'lib, texnik ko'rsatkichlari bo'yicha qit'alararo yo'nalishlarda yo'lovchilarga xizmat ko'rsata oladi. U o'tgan asrda juda mashhur bo'lgan va bugungi kunga kelib “keksa” samolyotlar safini to'ldirgan Tu-154ning o'rnini egallashi kutilmoqda. Hozirning o'zidayoq MS-21ni sotib olish bo'yicha 175 ta buyurtma qabul qilinganligi uning imkoniyatlariga munosib baho bo'la oladi.