Toshkentda ilk marta «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob-ko'rgazma yarmarkasi o'tkaziladi

0

Ko'rgazma joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari «O'zekspomarkaz» Milliy ko'rgazmalar majmuasida bo'lib o'tadi.

Xalqaro kitob ko'rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o'zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo'ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo'lib o'tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko'plab aksiya hamda kitob tanlovlari o'tkaziladi.

loading...