Boks bo'yicha JCh. O'zbekiston ilk medalni qo'lga kiritdi

0

Ekaterinburgda o'tkazilayotgan boks bo'yicha jahon chempionati -69 kg vazn toifasining yarim finalida o'zbekistonlik Bobousmon Baturov angliyalik Pet Makkormakka qarshi bahs olib bordi. To'liq 3 raund davom etgan bellashuvda hakamlarning qaroriga ko'ra Makkormak g'alabaga erishdi. Shu tariqa, Baturov bronzani qo'lga kiritdi va O'zbekiston hisobiga ushbu musobaqadagi ilk medalni yozdirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, bugun Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirzazizbek Mirzahalilov (-57) final yo'llanmasiga ega chiqishgandi.

loading...