Hozirgi kunda dunyoda har 11 soniyada bir nafardan homilador yoki tug'ruq holatidagi ayol o'lim topmoqda…

0

 

Birlashgan millatlar tashkiloti mutaxsssislari tayyorlagan dokladda aytiladiki, har o'n bir soniyada dunyo bo'yicha homilador, yoki tug'ayotgan ayol, yo uning bolasi o'lim topmoqda. Bunga joylarda homilador ayollar uchun zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatish texnologiyasi joriy etilmaganligi sabab bo'lmoqda.

Masalan, Shvetsiyada homilador ayol yoki u tug'ajak bolalar o'limi deyarli yo'q deyish mumkin. Nega? Chunki bu mamlakatda yuqorida aytib o'tilgan zamonaviy tibbiy texnologiya talab darajasida. Afrika davlatlari esa aksincha homilador ayol va tug'ilajak bolaning o'lim topish kafolati juda yuqori. Afrika bo'yicha ham oddiy doyalar orasida professionallari deyarli yo'q. Zamonaviy texnologiyani-ku, gapirmasa ham bo'ladi. Bunday holat Osiyo, O'rta Osiyo davlatlarida ham havas qilsa arzigulik darajada deb bo'lmaydi. Markazdan olis, tog'li hududlarda yashovchi aholi orasida ham tibbiy xizmat, texnika taraqqiyoti oqsashi oqibatida homilador ayollar va ularning chaqaloqlari o'lim topishiga barcha guvohlik qilib turibdi.