Iqlimning ommaviy isib ketishi kimga ko'proq ziyon yetkazadi?..

0

 

Hamma ko'rib turibdi. Iqlim yildan-yilga isib bormoqda. Shu masala bilan shug'ullanuvchi Xalqaro komissiyaga yetakchilik qilayotgan Bill Geyts bu holat kimlarga ko'proq ziyon yetkazishi masalasiga to'xtalib o'tdi. Uning aytishicha, iqlimning ommaviy isib ketishi birinchi navbatda Afrika davlatlarini domiga oladi. Bu davlatlarda qurg'oqchilik kuchaygandan-kuchayadi. Qishloq xo'jaligiga putur yetadi. Natijada ochlik butun qit'ani qamrab oladi. Millionlab odamlar aynan issiq havo hamda ochlikdan o'lim topadi.

Bill Geyts shu o'rinda Suriyani tilga olib o'tdi. U aytdiki, 2011 yili Suriya ko'chalarida ommaviy tartibsizliklar boshlangan. Ammo hech kim buning negiziga e'tibor qaratmagan. Vaholanki, tartibsizliklar boshlanmay turib bir necha oylar oldin Suriyaga qurg'oqchilik rahna solgan. Qishloq xo'jaligi inqirozga yuz tutishi tufayli bir yarim milliondan ziyod odam o'z uylarini tashlab shaharlarga yo'l olgan. Millionlab suriyaliklar Turkiya, Livan, Yevropaga o'tib ketdiF. Mamlakat ichkarisida ochlik va qurg'oqchilik tufayli milliy nizolar kuchaya bordi. Shu narsa oxir oqibat fuqarolar urushi boshlanishiga sabab bo'ldi. Afrika davlatlarini ham kelajakda kuchaya boradigan issiq iqlim shunday ahvolga solib qo'yishi tayin.

Andrey Vetrov

Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi