Ov mavsumi boshlanmoqda…

0

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish:

???? fuqarolarga – 1 115 000 so'mdan 2 230 000 so'mgacha;

???? mansabdor shaxsarga esa — 2 230 000 so'mdan 3 345 000 so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Shuningdek, qonunchilikda ushbu huquqbuzarlikni ma'muriy jazo qo'llangandan keyin takror sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilangan.

✅ Bundan tashqari, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash:

???? huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga 3 345 000 so'mdan 4 460 000 so'mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 so'mdan 5 575 000 so'mgacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, 3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo'ladi.