Ukrainalik erkak ish topishni maslahat bergani uchun tuqqan onasini pichoqlab qo'ydi…

0

 

Bu voqea Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatiga qarashli Krinichansk tumanida sodir bo'ldi. Ismi-sharifi sir tutilgan ayol o'zining 35 yoshli o'g'liga ish topib ishlashni maslahat bergandi. Onaning nasihati noqobil o'g'ilga yoqib tushmadi. Oralarida janjal chiqdi. O'g'il sira o'ylab o'tirmay, qo'liga pichoq oldi-da, onani pichoqladi. Ayolni o'ta og'ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo'limiga yotqizishdi.

Ushbu fakt yuzasidan Ukraina jinoyat majmuasining 15 moddasi 1 qismi, 115 moddasiga asosan jinoiy ish qo'zg'atildi.