O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 21 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

21 sentyabr kuni romantikani orzulaysiz. Ammo real hayot qarshingizda ko'ndalang bo'ladi. Oilasizlar bugun har qanday ko'rinishdagi uchrashuvlar, ko'ngil izhorlari, takliflarni chetga surib qo'yishlari lozim. Ertalabdan kechga qadar og'ir yumushlarni bajarishingizga to'g'ri keladi. Ro'zg'oringizdagi muammolarni mustaqil tarzda bartaraf etish qo'lingizdan kelmaydi. Mutaxassis chaqiring. Kechqurun ovqatlanish rejimingizni bir ko'zdan o'tkazib oling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun ertalabdan yaqin o'tmishdagi yorqin xotiralarga oshno tutinishingiz tavsiya etiladi. Qilgan gunohlaringiz uchun xudoni ayblamang. Buning o'rniga tavba qiling. Ko'pchilik tushdan keyin ish yuzasidan yangi loyihalarni ado etishga kirishishi mumkin. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida yangi hamkorlar topishi, ular bilan kelishuvlar boshlashi mumkin. Muhabbatda o'zingizga haddan tashqari ishonib yubormang. Safarga chiqish zarurati tug'ilsa, boshqa kunga qoliring. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

21 sentyabrda moliyaviy sohada ayrimlar boshi berk ko'chada qolib ketishi kutiladi. Keyingi paytlarda xaridlarni ko'paytirib yuborgan bo'lsangiz kerak. Shuning jabrini tortib turasiz-da endi. Shaxsiy hayotda ham muammolar oz emas. Lekin optimizmni yo'qotmang. Muammolarni kamaytirishga harakat qiling. Kim bilandir ilgari janjallashgan bo'lsangiz, bugun yarashish uchun birinchi bo'lib qadam tashlasangiz, xayrli kechadi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun ro'zg'ordagi tartibsizliklarni bartaraf etishingiz talab etiladi. Ammo bir o'zingizga og'irlik qiladi. Mutaxassislar yordamiga suyaning. Oila qurishga ulgurmaganlar sevgilisi bilan uchrashib, tog' yon-bag'irlariga dam olish uchun ketishlari ehtimolga yaqin. Umuman qaerda dam olishingizdan qat'i nazar baribir romantika, ruhiy xotirjamlik siz bilan birga bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Uxlashga yotishdan oldin og'ir hazm bo'luvchi ovqatlar yeyishingiz tavsiya etilmaydi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

21 sentyabr kuni avvalo hayotga munosabatingizni tahlildan o'tkazib olishingiz tavsiya qilinadi. Yelkangizda hayotning og'ir yuki turibdi. Bu yukni olib yurish oson kechmaydi. Buning uchun jangovarlikni yo'qotmasligingiz lozim. Moliyada ham yaqin o'tmishdan qolgan muammolar bezovta qilishi kutiladi. Lekin ularni ijobiy hal etishga bir kun kamlik qiladi. Boshqa kunlarga umid bog'lang. Agar ishxonangizdagi rahbarlar xizmat safariga jo'natsa, albatta rozi bo'ling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Faollikdan charchagansiz. Demak, bugun uning o'rnini xotirjamlik, sukunat egallashi kerak. Ijodkorlarning kuni tug'adi. Yaratgan asaringiz muxlislarning olqishlariga sazovor bo'ladi. Hammomga tushish, suzish mashqlari, tanani chiniqtirishga qaratilgan muolajalar xayrli o'tadi. Bugun birovga pul qarz berishingiz tavsiya etilmaydi. Irimi shunaqa. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar o'zlarini juda ehtiyot qilsinlar. Sog'lig'ingiz o'zingizga aziz, uning qadriga yeting. Kechqurun kimdir plastik kartochkangizga pul tashlab berishi mumkin. Demak, azizim, och qolib ketish yo'q. Mosholloh!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

21 sentyabrda kuch va imkoniyatlarni to'g'ri sarflashingiz kerak bo'ladi. Eng muhim ishlargagina e'tiboringizni qarating. Ayollar zudlik bilan go'zallik saloniga borishlari va tashqi ko'rinishiga ijobiy o'zgartish kiritishlari lozim. Pulingiz bor, demak, kiyimlar xarid qilib qo'ysangiz ham ziyon qilmaydi. Kechqurun ovqatlanishda me'yorni buzmang. O'zingizga yaxshi bo'ladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Kunni dam olishdan boshlashingizga to'g'ri keladi. Anchadan beri dam olmagandingiz. Bugun qulay sharoit bor, foydalanib qoling. Shaxsiy hayotingizda ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlana boshlaydi. Oilasiz bo'lsangiz, bugun kechki payt orzuingizdagi insonni uchratasiz. Demak, kechqurun romantika mehmoningiz bo'larkan. Kunning ikkinchi yarmida ba'zilar olis safarga otlanishlari kutiladi. Safar sizga faqat yaxshilik hadya etadi, ishoning. Kechqurun birovlarning ko'nglini og'rita ko'rmang, gunohga botasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

21 sentyabr kuni turli rollarni ijro etishingizga to'g'ri keladi. Ammo kechqurungacha o'zligingizga qaytmasangiz bo'lmaydi. Ayniqsa, yolg'izlar muhabbatda o'z qiyofasida qolmasa, muvaffaqiyatsizlikdan boshqasiga ega chiqa olmaydi. Tadbirkorlarning ishlari bugun unumli kechadi. Shu kunga qadar qilgan mehnatingizning mevasini bugun kechqurun olasiz. Faqat yangi loyihalarga pul tikmay turishingiz tavsiya etiladi. Uxlashga yotishdan oldin sut ichsangiz, tushingiz totli kechadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Biling, bugun loqaydlik, dangasalik, telefon orqali kimlar bilandir laqillashish o'tmaydi. Sevimli ishingizdan ayrilib qolishingiz mumkin. Kechqurun vaqtingizni yaqinlaringiz va sevgan insoningiz uchun ajrating. Ular bilan bo'lib o'tadigan suhbatlar qalbingizga garmoniya olib kiradi. Kayfiyatingiz ko'tariladi. Uxlashga yotishdan oldin kitob mutolaasi tinch uxlashingizda katta yordam beradi. Salomatlikni ko'z qorachig'ingizdek asrang.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

21 sentyabr siz uchun kuchli bosimlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Ammo sizda kuch yetarli. Boshlagan ishlarni albatta yakuniga yetkazasiz. Muhabbatda ham muammolaringiz sizning foydangizga ijobiy hal bo'ladi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz sizga o'zingiz kutayotgan romantika va garmoniyani bajonidil tortiq etishga tayyor. Kechqurun xastalangan hamda keksa qondoshlar holidan xabar oling. Savobi albatta tegadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Kunni aqlni ishlatgan holda taqsimlasangiz, muammolarga duch kelmaysiz. Biroq bu oson ish emas. Sizni hadeganda chalg'itishadi, qo'ng'iroq qilishadi, qaerlargadir chaqirib qolishadi. Oilalilar bugun uy ta'miri, xo'jalik ishlarini bajarish bilan band bo'lishadi. Bosh og'riqlari, varikozdan bezovtalanish kabilar bugun sizni chetlab o'tishi kutilmoqda.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi