«Yandeks.Taksi» viloyatlarda ham ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o'rinbosari unga qarshi!

0

O'zbekistonda o'zining turli xizmatlarini taqdim etib kelayotgan Yandeks kompaniyasi o'zining Taksi servisini Farg'ona va Marg'ilonda ham ishga tushirdi.

«Farg'ona va Marg'ilon aholisi bizning ilovamiz yordamida buyurtma berish jarayonini to'liq nazorat qilishlari va haydovchi yo'lovchini olish joyiga kelayotganini hamda u hozir qaerda ekanligini ko'rishlari mumkin bo'ladi», – deydi «Yandeks.Taksi»ning O'rta Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo'yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

Servisda Farg'ona va Marg'ilonda ham, boshqa shaharlarda bo'lgani kabi, o'zining haydovchilari va mashinalari bo'lmaydi. Kompaniya mahalliy yo'lovchi tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.

Shuningdek, Toshkent shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosari Hotambek Shokirov mamlakatimiz hududida «Yandeks.Taksi» agregatorini yopish taklifi bilan chiqqan. Bu fikrni u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 58-sessiyasidagi nutqida aytgan.