AMERIKA FUQAROLARI «51-ZONA»GA HUJUM QILIShGA HOZIRLIK KO'RMOQDA…

0

 

Hujumda ishtirok etish istagida ro'yxatga yozilganlar soni hozir 1, 2 million kishidan oshib ketdi. Amerika hukumati esa 51- zonaga olib boruvchi havo yo'llarini yopib qo'ygan. Taqiqlov shu yilning 22 sentyabriga qadar amal qiladi. Taqiqlovni buzgan har qanday turdagi samolyot yoki dronlar ogohlantirishlarsiz urib tushiriladi.

Amerikaning «51-zona» deb nomlangan ushbu maxfiy harbiy bazasi Nevada shtatida, Las-Vegasdan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan. Baza 1995 yili qurilgan. Ammo hukumat vakillari uni 2013 yildagina rasman tan olgan. Ma'lumotlarga qaraganda, maxfiylashtirilgan bazada turli rusumdagi uchish uskunalari yaratiladi va sinovdan o'tkaziladi. Ko'pchilikning ishonch bilan aytishiga qaraganda, bazada o'zga sayyoraliklar ham bor. Amerika ular bilan birgalikda maxfiy ishlarni amalga oshiradi. Fuqarolar aynan o'zga sayyoraliklarni o'z ko'zlari bilan ko'rishni va kerak bo'lsa ularni ozod etishni mo'ljallashgan. Shu maqsadda ommaviy hujum uyushtirishni rejalashtirishgan. Amerika harbiylari esa zonaga yaqinlashgan borki, hech qanday ogohlantirishlarsiz otib o'ldirilishini ta'kidlashgan. Buni albatta vaqt ko'rsatadi.