Amerikaning Texas shtati suv ostida qoldi. Qurbonlar soni oshmoqda…

0

 

Amerikaning Texas shtatiga «Imelda» to'foni yopirilishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga kelgan. Oqibatda bir necha fuqaro halok bo'ldi. Yo'llar, aeroport va o'quv maskanlari suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar otryadlari vakillari aholini xavfsiz joylarga ko'chirib ulgurmayapti.

Qurbonlar orasida 19 yashar yigit ham bo'lib, suv ostida tok urishi tufayli cho'kib ketgan. Bundan tashqari, yoshi 40-50 atrofida bo'lgan erkak ham qochishga ulgurmay cho'kib ketdi. Bu ayanchli manzara Xyustondagi Bush aeroportida ko'zga tashlandi. Aytishlaricha, bu yerni bosgan suv 2, 5 metr chuqurlikka ega bo'lgan. Kecha 20 sentyabr kuni ham qutqaruvchilar suv ostiga g'arq bo'lgan erkak murdasini yuqoriga tortib olishgandi. Texas gubernatori Greg Ebbott jami 13 ta okrugda favqulodda holat e'lon qildi.