Amerikaning Uchinchi Jahon Urushini boshlashdan yana bir niyati ma'lum bo'ldi… (yuragi zaiflar o'qimasin)

0

 

Shu haqda Rossiyadagi raketa mudofaasiga qarshi uskunalar muzeyi direktori, harbiy ekspert Yuriy Knutov fikr yuritdi. Uning aytishicha, Amerika Uchinchi Jahon urushini Kaliningrad shahriga hujum qilishdan boshlashni bekorga rejalashtirmagan. Amerikaliklar Kaliningrad shahrini bosib olib, keyinchalik uni Qrimga almashtirishni mo'ljallashgan. Faqat Tramp bu urush tufayli juda ko'plab begunohlarning yer tishlashini hisobga olmagan ko'rinadi.

— Amerika Kaliningradga hujum qilgani bilan, — dedi Knutov. — Albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Chunki Rossiya bunday hujumlarni arzimagan daqiqalar ichida barbo qiladi. Ikki o'rtada Yevropa yo'q qilinadi. Sababi, aynan Yevropa Amerikaga Rossiya chegaralarida raketa uskunalari joylashtirish uchun izn berib, Uchinchi jahon urushi boshlanishini tezlashtirishga urinmoqda.