Boks bo'yicha JCh. Bahodir Jalolov finalda qozog'istonlik azaliy raqibiga qarshi to'qnash keldi

0

Ekaterinburgdagi boks bo'yicha jahon chempionatining eng og'ir vaznli (+91) ishtirokchilar o'rtasidagi hal qiluvchi bahsda Bahodir Jalolov (O'zbekiston) azaliy raqibi qozog'istonlik Qamshibek Qonqabayev bilan bellashdi.

Ilk raunddanoq ustunlik Jalolov tomonida bo'ldi. 2-raundda ham u raqibiga nisbatan ancha faollik ko'rsatdi va Qonqabayevni bir necha bora muvozanatdan chiqarishga erishdi. So'nggi raundni ham o'z hisobiga yozdirib qo'ygan o'zbekistonlik bokschi yakunda g'alabaga erishdi.

Shu tariqa Jalolov musobaqada yorqin ishtirok etib, jahon chempionligini qo'lga kiritdi.