Boks bo'yicha JCh. Dilshodbek Ro'zmetov oltin medal uchun jang qildi

0

Boks bo'yicha jahon chempionati -81 kg vazn toifasining finalida Dilshodbek Ro'zmetov (O'zbekiston) qozog'istonlik Bekzod Nurdauletovga qarshi to'qnash keldi.

1-raundda biroz ustunlik Nurdauletov tomonida bo'ldi. Navbatdagisida Ro'zmetov faolroq bo'ldi. Oxirgi hal qiluvchi 3-raundda deyarli teng kurash kechdi. Hakamlar qaroriga ko'ra jangda qozog'istonlik bokschi g'alaba qozondi. 20 yoshli Dilshodbek esa O'zbekiston hisobiga ilk kumushni yozdirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, bugun Shahobiddin Zoirov hamda Mirazizbek Mirzaxalilov oltin medalni qo'lga kiritishgandi.