Boks bo'yicha JCh. Mirzahalilov finalda 3 karra jahon chempioniga qarshi to'nqash keldi

0

Boks bo'yicha JCh. Mirzahalilov finalda 3 karra jahon chempioniga qarshi to'nqash keldi

Ekaterinburgdagi boks bo'yicha jahon chempionati -57 kg vazn toifasining hal qiluvchi bellashuvida Mirazizbek Mirzahalilov (O'zbekiston) ushbu musobaqaning 3 karra g'olibi kubalik Lazaro Alvares bilan jang o'tkazdi. Ilk raundda ustunlik Mirzahalilov tomonida bo'ldi. Ikkinchi raundda esa Alvares jarohat olgani bois jang muddatidan oldin to'xtatildi. Raqibiga nisbatan ustunlik qilgan Mirzahalilov esa O'zbekiston hisobiga ikkinchi oltinni yozib qo'ydi.

Avvalroq, Shahobiddin Zoirov ham yuqori probali medalga sazovor bo'lgandi.