Boks bo'yicha JCh. O'zbekiston ilk oltin medalni qo'lga kiritdi!

0

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha XX jahon chempionatining final janglari start oldi.

-52 kg vaznli bokschilar o'rtasidagi bellashuvlarning hal qiluvchi bahsida o'zbekistonlik Shahobiddin Zoirov hindistonlik Amit Pangalga qarshi to'qnash keldi. Jang deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Yakunda esa hakamlar qaroriga ko'ra Zoirovning qo'li baland keldi va u mamlakat hisobiga birinchi oltinni yozib qo'ydi.