DAM OLISh KUNLARI O'ZBEKISTONDA OB-HAVO QANDAY BO'LADI?..

0

 

Respublika sinoptiklarining xabariga ko'ra, 21 sentyabr kuni ham Turkmanistondan oqib kelayotgan issiq havo hukm suradi. Havo 36-38 darajagacha isiydi. 22 sentyabr yakshanba hamda dushanba kunlari aksincha havoning keskin pastlashi kuzatiladi. 22 sentyabr kuni Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ib o'tadi. Shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha yetadi.

22 sentyabr kuni respublikamizda kunduzi 25-30 daraja, kechasi 12-14 daraja issiq bo'ladi. Tog'li hududlarda 22-23 sentyabr kunlari havo harorati kunduzlari +15 darajagacha tushishi mumkin.

Dam olish kunlaringiz maroqli va tinch o'tsin!!!