Iroqda terror harakati sodir etildi. Qurbonlar 12 kishi…

0

 

Terror harakati Iroqning Karbalo shahridan chiqaverishda sodir etilgan. O'sha yerdagi nazorat posti yaqinida mikroavtobusga o'rnatilgan qo'lbola bomba portlatib yuborildi. Buning natijasida jami 12 kishi halok bo'ldi. Besh kishi og'ir jarohat oldi. Hozir fojia sodir bo'lgan joyda politsiyachilar va kriminalistlar ish olib bormoqda. Hozircha ushbu terror harakatini hech bir jangarilar guruhi o'z zimmasiga olmagan. Ammo bu ish dunyoda faoliyati taqiqlangan IShID jangari kallakesarlar guruhiga tegishli ekani haqida taxminlar yo'q emas.

Shu hafta davomida Afg'onistonda ham uchta yirik terror harakati sodir etilgan va jami 70 kishi o'lim topgan.