Parijdagi tartibsizliklar tufayli qo'lga olinganlar soni 150 nafardan oshib ketdi…

0

 

Bugun Fransiya poytaxti Parij shahridagi Madlen maydonida yana ommaviy tartibsizliklar yuzaga keldi. Politsiyachilar olomonni Sen-Lazar vokzali tomonga hayday boshladi. Ammo tartibsizliklar ishtirokchilari politsiyachilarga tashlanib, mushtlashuvlar sodir etishga tushdi. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari ularga qarshi ko'zdan yosh oqizuvchi gazlarni qo'lladi.

Keyinroq mamlakat poytaxtida iqlimni himoya qilishga bag'ishlangan ko'p ming kishilik norozilik namoyishlari boshlandi. Tartibsizliklarda ishtirok etganlar endi ularga qo'shilib oldi. Oqibatda tag'in ommaviy tartibsizliklar sodir etildi. Olomon o'z yo'lida do'konlar vitrinalarini pachoqlab, avtobus bekatlarini vayron qila bordi. Italiya maydonida ham quturgan olomon barrikadalar qurib, politsiyachilarga qarata ichiga yonuvchi suyuqlik to'ldirilgan idishlarni irg'itishga tushdi. Politsiyachilar katta tezlikda tartibsizliklar ishtirokchilarini ommaviy tarzda qo'lga olishni boshladi. Hozirga qadar qo'lga olinganlar soni 150 kishidan oshib ketgan.

 

loading...