UKRAINADA 5 YaShAR BOLANI ARMIYaGA ChAQIRIShDI…

0

 

Matbuotda ma'lum qilishlaricha, harbiy komissariatda anglashilmovchilik yuz bergan. Kiyev viloyatida yashovchi 2013 yili tug'ilgan bola mahalla ahlini ro'yxatga olish jarayonida 2003 yil etib yozilgan ekan. Komissariatdagilar bolaga chaqiruv qog'ozi jo'natishgan. Chaqiruv qog'ozida u ota-onasi bilan birga kelib harbiylar ro'yxatiga yozilishi shartligi belgilab qo'yilgandi. Albatta tez fursatda xato tuzatildi. Mahalla rahbarlari bolaning tug'ilgan yilini to'g'rilab qo'yishdi va ota-onasidan rasman uzr so'rashdi.