Ukrainalik ayol farzandini tug'di va keyinchalik tashlab yubordi. Ammo qaerga tashlagani esidan chiqibdi. Astag'firillo!!!

0

 

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida yashovchi yoshi ham ismi-sharifiga qo'shib ma'lum qilinmagan ayol homilador edi. Boshqa shaharga borib tuqqan-u, bolani tashlab yuborgan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari bu voqeadan xabar topgach, ayolni qo'lga olishdi va chaqaloq qaerdaligini surishtira boshlashdi. Ayol avvaliga bolani boshqa shaharda o'lik holda tuqqanini aytgan bo'lsa, endi aslida uyida ko'zi yorigani, biroq chaqaloq o'lik tug'ilganini aytib turib oldi. Aytishicha, murdani yo axlatga yoki trubalar ostiga tashlagan. Xullas, eslay olmabdi.

Ayni paytda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Bolani ayol baribir topib beradi. Axir bu hayvon emas! Odam-a, odam!