Albaniyada zilzilalar seriyasi sodir bo'ldi. O'nlab odamlar jiddiy jarohat oldi…

0

 

Kecha Albaniyada kuchli yer silkinishlar seriyasi kuzatildi. Buning oqibatida yetmish kishidan ortiqroq odam jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi. Mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi vakillarining aytishicha, jarohat olganlarning hayoti xavf ostida emas.

Zilzila markazi Durres shahridan olti kilometr uzoqlikda bo'lgan. O'chog'i esa o'n kilometr chuqurlikda ekani aniqlangan. Zilzila Xelmes posyolkasiga jiddiy ziyon yetkazdi. Elektr va uyali aloqa tizimi izdan chiqdi, eski uylar vayron bo'ldi. Hozirda zilzila yetkazgan moddiy zarar hisob-kitob qilinmoqda.