BANANNING SALOMATLIKKA QANDAY TA'SIRI BOR?..

0

 

Ko'pchilik yaxshi biladiki, banan tarkibida inson organizmi uchun kerakli vitaminlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, kaliy ko'pligi yurak xastaliklariga uchraganlar uchun juda katta foyda berishi va kaliyli tomchi dori o'rnini bosishi mumkin. Banan uyqusizlikdan qiynaladiganlarga ham foyda beradi, terini mustahkam tutadi, uzoq vaqt odamni ochlik balosidan saqlab tura oladi. Lekin mevaning bu turi ham ayrim jihatlari bilan odamga aksincha salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, ayrim odamlar oshqozoni bananni qiyin hazm qiladi. Hiqichoq, jig'ildon qaynashini keltirib chiqaradi. Ayrim holatlarda banan qon tomirlar tiqilishiga ham sabab bo'ladi. Bananni keragidan ko'p yeyish qondagi qand miqdori ortishiga sabab bo'ladi.