Ektor Kuper ertaga o'z yurtiga uchib ketadi

3
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi argentinalik Ektor Kuper 23 sentyabr kuni o'z vataniga uchib ketadi, deya xabar beradi CA nashri.

10 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Yaman bilan, 15 oktyabr kuni safarda Singapur bilan o'ynaydi. Mana shu o'yinlarga 3 hafta vaqt qolganida Ektor Kuperning o'z yurtiga uchib ketmoqda. Bundan kelib chiqadiki, O'FA hamda Kuper tovon puli borasida o'zaro kelishib olishgan va juda katta ehtimol bilan terma jamoamizni navbatdagi o'yinlarga boshqa murabbiy boshlab tushadi.

JCh-2022 saralashi doirasidagi Falastindan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Kuper haqida ko'plab xabarlar tarqalgandi. Ammo hozirga qadar bu borada rasmiy ma'lumot berilmadi.

3 FIKRLAR

  1. Sizga katta raxmat yaxshi boring Kuper togo, bizni futbolchilarimizdan xafa bumang ular xam bir kun emas bir kun, kunlarning birida chikadi albatta JChga! Biz bunga ishonamiz! Biz kurmasak chevarayu yevaralarimiz kurar)))

  2. Raxmat Sizga Ektor Kuper, men sizning muxlisingizman!. Sal ertarok Uzbekistonga keldingiz, 3-4 yildan keyin kelganingizda edi, yaxshi futbolchilar ulgayishgan bular edi, xozirgi futbolchilarning nomi futbolchi xolos…

Comments are closed.