Hindistonda to'rt oyoqli, uchta qo'lli chaqaloq tug'ildi… (yuragi zaiflar o'qimasin)

0

 

Hindistonning Rajastan shtatidagi davlat tug'ruqxonalaridan birida to'rt oyoqli, uchta qo'lli chaqaloq dunyoga keldi. Bu qiz chaqaloq bo'lib, 24 yoshli onasi u bilan birga sog'lom o'g'il farzandni ham dunyoga keltirdi.

Vrachlar oldiniga uch egizak tug'ilsa kerak deb o'ylashgandi. Ammo ikki egizak bo'lib chiqdi. Aytishlariga qaraganda, ayol homiladorlik davrida biror marta ham UZI ga tushmagan ekan.

Qizaloqning qo'shimcha oyoq va qo'llari ko'krak qafasi hamda qorin qismidan o'sib chiqqan. Ularni vrachlar jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlashni rejalashtirishgan. Oldiniga qizaloq nafas olishga qiynalayotgandi. Uni darhol sun'iy ravishda kislorod berish uskunasiga ulashdi. Shundan keyin u yaxshi nafas ola boshladi.

Eslatib o'tamiz, 2018 yili Hindistonning Chxattisgarx shtatida uch qo'lli bola tug'ilgan. Odamlar o'sha kundan e'tiboran shu bolaga sig'ina boshlashgan. Uchinchi qo'l ko'krak qafasi hududida, o'ng qo'l yonidan o'sib chiqqandi.

Astag'firillo!!!