Jizzaxda o'g'rilar birovning mashinasidan katta pul o'g'irlab qochdi…

0

 

Jizzax viloyatida asli Toshkent shahrining Uchtepa va Sirg'ali tumanida yashovchi 1992 yili tug'ilgan ikki kimsa «Neksiya» avtomobili qulfini buzib, salondan 1000 dollar pulni o'g'irlab qochgan. Avtomobil egasi o'sha yerlik bo'lib, o'g'irlik sodir etilgan mahal «Jizzaxlik» mahallasidagi kafeda tushlik qilayotgandi. Aynan u o'g'irlik sodir etilgani haqida mahalliy militsiya bo'limiga xabar berdi.

Tez orada o'g'rilar ushlandi. Ularning yonidan 200 dollar pul, avtomobildan yechib olingan antiradar topildi.