MANIKYuR VA SUN'IY KIPRIKNING ZARARLI JIHATLARI…

0

 

Hozirgi kunda katta shaharlarda yashovchi qiz-juvonlar kosmetologiyaga alohida e'tibor qaratadigan bo'lib ketishgan. Ammo kosmetolog qabuliga borgach, asbob-uskunalar gigiena talablariga javob berish yo bermasligiga diqqat qilish kerak. Aks holda oddiy manikyur amali oqibatida gepatit yoki shu kabi yuqumli xastaliklarga chalinish mumkin.

Manikyurdan keyin tirnoqlarni quritadigan ultrabinafsha lampalardan doimiy tarzda foydalanish ham oqibatda teri saratoniga duchor etadi. Tirnoqlarga tez-tez lak surish bu a'zolar tuzilishiga putur yetkazadi. Kipriklarni sun'iylashtirish, boshqacharoq aytganda, o'stirish orqali haqiqiy kipriklarga ziyon yetkazish, teri kasalliklariga chalinish, ko'zlarning ko'rish imkoniyatlarini yomonlashtirish hech gap emas.

Salomat bo'ling!!!

 

loading...