Rossiyalik erkak bolalar uyidan o'g'il asrab olgandi. Keyin bilsa bola aslida o'z farzandi ekan. Qanaqasiga?..

0

 

Sergey ismli bu erkak Rossiyaning katta shaharlaridan birida yashaydi. Qachonlardir Anya degan qizni sevgan. Ammo bir kuni ular janjallashib qolishdi va munosabatlarga nuqta qo'yishdi. Anya o'sha paytda homilador edi. Lekin bu haqda Sergeyga aytmadi. Qattiq ranjigandi. Shu araz yo'l bermadi. Umuman, bolani boshida oldirib tashlamoqchiydi. Keyinchalik tug'ishga ahd qildi. Sergey esa Katya degan qizni topdi. Ular turmush qurishdi. Faqat keyinchalik ma'lum bo'ldiki, Katya farzand ko'ra olmas ekan. Muhabbat kuchli chiqdi. Sergey sevgilisini yo'qotishni xohlamadi. Maslahatlashib bolalar uyidan Seryoja ismli jajjigina bolani asrab olishdi. Bolakay yangi uyga tez ko'nikdi. Sergeyni dada, Katyani oyi deb chaqira boshladi. Ajablanarlisi, Seryoja ulg'aygan sari qiyofasi Sergeyga o'xshab borardi. Hatto, so'zlashlari, kulishlarigacha o'xshardi. Katya dilgir ekan. Kuzatuvlarini Sergey bilan baham ko'rdi. Sergey darhol bolalikdagi suratlarini ko'zdan kechirdi. Haqiqatan, Seryoja uning bolaligini takrorlayotgandi. Katya ikkovlari DNK test topshirishga kelishishdi. Qarangki, DNK test Sergey va Seryoja rostdan ham biologik ota-bola ekanini tasdiqlab berdi. Aniqlanishicha, Anya bolani dunyoga keltirgan. Ammo Sergeyga nisbatan nafrati tarqamagandi. Alamiga chiday olmay, chaqaloqni bolalar uyiga topshirgan. Shuning bilan uni unutgan. Sergey esa bolalar uyidan o'z pushti kamaridan bo'lgan bolani asrab olgan ekan. Biroq u hanuz Anyani topib oralarida farzand borligini aytgan emas. Umuman, nega aytsin? Bolasini ko'zi qiyib bolalar uyiga topshirgan, keyinchalik biror marta xabar olmagan ayol xabar qilishga arzirmidi!?. Sirayam arzimaydi.

Astag'firillo!!!