SAUDIYa AYoLLARIGA QARATILGAN DAHShATLI TAQIQLOVLAR…

0

 

Saudiya Arabistonida qadimdan ayollar faqat farzand tug'ib, ularni parvarish qiluvchi, erning ko'nglini oluvchi, unga so'zsiz bo'ysunuvchilar sifatida qabul qilib kelingan. Bu mamlakatda bugungi kunda ham ayollarga nihoyatda past nazar bilan qaraladi. Quyidagi taqiqlovlarni ko'rsangiz, dahshatga tushmay ilojingiz yo'q.

Ayol mahramisiz, ya'ni, qonuniy erisiz ko'chaga chiqishga haqli emas. Aynan mahram ayolga qaergadir borish, yoki ishga joylashish uchun izn berishi lozim. Busiz ayol ostona hatlab ko'chaga chiqa olmaydi. Agar ayol politsiyaga kimningdir ustian shikoyat qilsa, uning shaxsini yana o'sha mahram tasdiqlab berishi kerak. Negaki, ayol hijobni yechish huquqiga ega emas. Mahram uni xo'rlasa, hurmat qilmasa, tazyiq o'tkazsa, uning ustidan hech qaerga shikoyat qila olmaydi. Sababi ayolga bunday huquq berilmagan.

Saudiyalik ayol avtomobil haydash huquqidan mahrum. To'g'ri, merosxo'r shahzoda o'z mamlakatidagi ayollarga mashina haydash uchun rasman ruxsat etilganini ta'kidlab o'tgan. Ammo bu xo'jako'rsinga qilingan ish.

Ayolga jamoat transportida yurish taqiqlangan. Poezdda ham ayollar uchun alohida vagon ajratilgan. Bu vagon sostavning oxiriga ulangan. Avtobus xizmati ko'rsatuvchi ko'plab kompaniyalar ayollarni olib yurishdan ochiqchasiga bosh tortgan. Demak, ayol manzilga yo piyoda, yoki taksida yetib olishi kerak bo'ladi. Shubhasiz, taksida yurishga mahram izn bermaydi.

Saudiya ayoli ko'chada tanasini yuz foiz yopib turmaydigan ko'ylakda yurishga haqli emas. Basharti, saudiyalik qiz yoki ayolning nomusini bulg'ashsa-yu, ko'ylagining allaqaerida ignadek ochiq joy bo'lsa, nomusini bulg'agan kimsa aybdor hisoblanmaydi. Aksincha, shu ayolning o'zi jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Taqiqlovlarga amal qilmagan ayol albatta munosib jazolanadi. Politsiyachilar bu ayolni ko'chada begona erkak bilan gaplashib turganlik yoki ko'ylagi yetarlicha qalinlikka ega emasligini ro'kach qilib jazolash huquqiga ega.

Astag'firillo!!!

 

loading...