O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

23 sentyabr kuni tanish-bilishlarga emas, faqat o'zingizga ishongan holda harakatlar sodir eting. Birovlarning maslahatiga suyanaman desangiz, ishingiz chala qoladi, daromaddan mahrum bo'lasiz. Moliyaviy muammolarni a'lo darajada bartaraf etish imkoniyati bor. Bu imkoniyatdan unumli foydalanib qoling. Shunda nafaqat pulingizga pul qo'shasiz, balki kimningdir hojatini ham chiqarib savobga egalik qilasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Ro'zg'oringizda muammo ko'p bo'lishi kutilmoqda. Aslida ularning ko'payib ketishiga o'zingiz sababchi bo'lgansiz. Oilasizlar muhabbatda faqat tuyg'ular, shirin so'zlar emas, moddiy masala ham birinchi o'rinda turishini unutmasliklari kerak. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo'nab ketishingiz, xaridlarni amalga oshirishingiz kutilmoqda. Immunitetni ko'tarish harakatiga tushmasangiz bo'lmaydi. Aks holda kasalga chalinishingiz hech gap emas.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

23 sentyabrda o'zingizni atrofdagilarga namoyish etishingiz, nimalarningdir to'g'risida maqtanishingiz tavsiya etilmaydi. Bu do'stlarni yo'qotishingizga olib kelishi mumkin. Kimki mehnat ta'tilida bo'lsa, kunni ajoyib tarzda o'tkazadi. Asosiysi, kimlardir qo'ng'iroq qilib jig'ingizga tegmasa bas. Kechqurun meditatsiya, salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan har qanday turdagi muolajalar muvaffaqiyatli kechadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun sizning kuningiz emas. Xohlang tan oling, xohlang yo'q. Duch kelgan odamning maslahatiga amal qilib ketaverishingiz tavsiya etilmaydi. Terini yoshartirish va organizmni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan tadbirlar omadli kechadi. Ayollar yuz qismini tartibga keltirish uchun turli mevali maskalardan foydalanishsa ham foydadan xoli bo'lmaydi. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

23 sentyabr kuni ishxonangizdagi rahbaringiz zimmangizga bir dunyo vazifani yuklab tashlashi kutilmoqda. Demak, o'z kasbingiz doirasida qanchalar darajada professional ekaningizni ko'rsatib qo'yish fursati yetibdi. Shaxsiy hayotda sizni syurprizlar kutib turadi. Oila qurmaganlar romantik uchrashuvga chiqadi va bu uchrashuv sizga olislarda qolib ketgan o'smirlik paytingizni eslatib qo'yadi. Bo'lg'usi juftingizni beixtiyor birinchi muhabbatingizga o'xshata boshlaysiz.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Kuningiz kamtarona va xushchaqchaq kechadi. Faqat sizdan xunuk xayollardan, janjalkashlardan nari bo'lish talab etiladi xolos. Moliyaviy masaladagi muammolarni deb kunning ikkinchi yarmida biroz asabiylashishingiz mumkin. Zahiradagi pullarni qayta hisoblab chiqing. Keraksiz xaridlarga zeb bermang. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, profilaktika masalasini o'tkazib yubormang. Kerak bo'lsa, davolaning. Omad sizga yor bo'lsin!!!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

23 sentyabrda o'zingiz emas, o'zgalar manfaati uchun xizmat qilishni shior qilib olasiz. Ammo bu harakatlarni me'yoridan oshirib yuborishingiz tavsiya etilmaydi. O'z ishlaringiz ham birinchi darajali ekanini unutib qo'ymang. Muhabbatda ham tamoman o'zingizdan kechib yubormang. Shundoq ham suyukli insoningiz qanday inson ekaningizni yaxshi biladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Og'ir mehnatga qo'l urishdan oldin kuch va imkoniyatlaringizni chamalab olishingiz shart. Chunki kuchni pulga sotib olib bo'lmaydi. Kechki payt aynan siz uchun oilangizdagilar kichik bayram uyushtirishlari mumkin. Oila a'zolaringiz bilan safarga chiqish, tabiat qo'ynida dam olish va boshqa tadbirlar ko'ngildagidek kechadi. Ular salomatligingizga ham ijobiy ta'sir etmay qolmaydi. Faqat kechqurun toza havoda sayr qilib kelishni unutib qo'ymang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

23 sentyabr kuni o'zingizni xuddi muammolari yo'q, tashvishlardan xoli odamdek tuta boshlaysiz. Aslida unday emas. Shaxsiy hayotingizda muammo degani qalashib ketgan. Ularni bir kun tugul, bir oyda ham hal etib ulgura olmaysiz. Yangi ishga qo'l urishdan voz keching. Kechqurun vaqtingiz sokin, biroq zerikarli o'tishi mumkin. Lekin ertangi ishlar rejasini puxtalab olish uchun juda qulay kechadi. Ayrimlarning xonadonida bugun kechqurun yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun sizning kayfiyatingiz xuddi armiya admirallariniki kabi haddan tashqari ko'tarinki bo'ladi. Neki ish bo'lsin, a'lo darajada ado etiladi. Xaridlar masalasiga kelsak, hozirgi moliyaviy ahvolingizga umuman to'g'ri kelmaydi. Yaxshisi, buguncha xaridlardan voz kecha turganingiz ma'qul. Muhabbatda sizdan o'ta sergaklik talab etiladi. Hasadgo'ylar oyoqlaringiz ostida o'ralashishiga yo'l qo'ymang. Asablarni ehtiyotlang. Birovga sirlaringizni oshkor etmang.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

23 sentyabrda xizmat safariga bormang. Biror ko'ngilsizlikni orttirib olishingiz mumkin. Ko'ngilsizlik orttirsangiz, ishlaringizdan unum ketadi. Ertalab jismoniy mashqlar bajaring. Tushlik qilish yodingizdan chiqsa, bilingki, salomatligingiz pand beradi. Ishingiz kompyuter bilan bog'liq bo'lsa, tez-tez toza havoda sayr qiling. Kechqurun ertaroq uxlashga yotishingiz tavsiya etiladi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Kuningiz ajoyib tarzda kechadi inshoolloh. Ruhan yengil bo'lasiz. Yuragingiz mehr va muhabbatga liq to'ladi. Suyukli insoningiz bilan o'zaro munosabatlar yuqori pog'onalarga chiqadi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham birovlardan yordam kutmang. Kechki payt qarindoshlardan biri bilan qiziqarli suhbat qurishingiz kutiladi. Moddiy ahvolni yaxshilash yo'lida dangasalikka yo'l qo'ymang.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi