«O'zbekiston tarixi» turkumidan: «ERGASh QO'RBOShI QANDAY ODAM BO'LGAN?»

0

 

Ergash qo'rboshi 1882 yil Qo'qon yaqiniagi Bachqir qishlog'ida tavallud topgan. O'z davrida bosmachilardan iborat yirik otryadning dala komandiri sifatida mashhur bo'lgan. Uni Farg'ona vodiysidagi din ahli Amir-al-Muslim sifatida tan olib, kuchli hurmat bajo aylashardi.

Endi picha ortga chekinamiz. Aslida bu Ergashdan oldin yana bir shu nom ostidagi qo'rboshi yashab o'tgan. Birinchi Ergash 1918 yili Bachqir qishlog'i yaqinida qizillarga qarshi kechgan janglarning birida halok bo'lgan. Ikkinchi Ergash ham yuqorida ta'kidlanganidek, Bachqir qishlog'ida tavallud topgan. U o'sha paytlar Qo'qon shahridagi machitlardan birining hurmatli va boobro' domlalaridan edi. Har juma kunlari uning nutqini tinglash uchun 25 mingdan ziyod odam machitga yig'ilardi. Kunlarning birida qizillar Qo'qon shahriga hujum uyushtirdi. Ergash qo'rboshi shu bosqinda ishtirok etdi. Ammo kuchlar teng emasligi tufayli ortga chekinib, Bachqir qishlog'iga berkinishga majbur bo'ldi. Ana shu yerda qaytadan katta bir otryad tuzdi. Ergash qo'rboshini butun Farg'ona vodiysi ahli Amir al Muslim deya tan oldi. 1918 yil bahori va kuzida Namangan hamda Qo'qon hududlarida qizillarga qarshi kechgan qaqshatkich janglarda g'alaba qozondi. Afsuski, keyingi kechgan janglardan birida og'ir yaralandi va qaytib katta janglarda ishtirok etmadi. 1921 yili Ergash qo'rboshi Bachqirdagi o'zi yashab turgan uyda qizil armiya askarlari tarafidan o'ldirildi.

 

loading...