Amakivachchasining o'rniga ringga ko'tarilgan bokschi jangda xushidan ketib, so'ng vafot etdi (+video)

0

Albaniyada professional boksning yengil vazn toifasida mezbon Ardit Murja hamda bolgariyalik Boris Stanchov o'rtasidagi jang vaqtida noxush holat yuz berdi.

4-raundda Stanchov xushidan ketib, ringga yiqilib tushdi. Ilk yordam ko'rsatilganidan keyin esa uni shifoxonaga olib ketishgan. Bolgariyalik bokschi u yerda yurak xuruji oqibatida vafot etdi.

O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida Boris Stanchov amakivachchasi Iisus Velichkovning nomi ostida janglarda qatnashib kelgani aniqlandi. Boris shu tariqa 2018 yildan buyon 5ta jang o'tkazib ularning barchasida mag'lub bo'lgan.

loading...