FARZANDINGIZNI GO'ZAL AXLOQQA O'RGATING

0

Vafoni o'rganishi uchun, hech qachon bergan va'dangizni buzmang.
Boshqalarni o'zidan afzal ko'rishga mashq qildiring, o'zingiz bu ishda namuna bo'ling!
Hiyla-nayrang, yolg'on, o'g'rilikni yomon ko'rishga o'rgating!
Insonlar rangi yoki nasabi bilan afzalroq emasliklarini bildiring!
Saxiylikka o'rgatib, o'zingiz bu ishda namuna bo'ling!
Aka-ukalari orasida adolat qiling!
Qattiqqo'l bo'lmang , aks holda qo'rqoqlik va yolg'onga mukkadan ketib qoladi.
Uning nafsoniyatiga qo'rquv urug'ini ekmang. Aks holda kazzoblikni odat qilib oladi.
Sabrli bo'lish va shoshqoloqlik qilmaslikni mashq qildiring!
Unga tavoze, muloyimlik, kibrni tark etish kabi ishlarni yaxshi ko'rsating!
Ba'zi o'rinlarda shijoat ko'rsata bilsa, mukofotlab turing!

loading...