Rossiyalik erkak ikki o'zbek yigitini terrorga jalb etganlikda ayblandi…

0

 

Ma'lum bo'lishicha, Rossiyaning Chita shahrida yashovchi, kelib chiqishi qirg'izistonlik 56 yoshli erkak 2015 yil dekabr oyida Yujno Saxalinskda bo'la turib, 21 va 27 yoshli o'zbekistonlik erkaklarga 100 ming rubl taqdim etgan. Ular shu pul bilan Suriyaga borib dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangari kallakesarlar guruhiga qo'shilib olishi lozim edi.

Uzoq Sharq okrug harbiy sudi erkakni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi.

 

loading...