INSOF

0

Hazrat rahimahulloh haj safarida bo'lganlarida arablardan ayrim ahli ilmlar ziyoratga kelishibdi. Suhbat asnosida ziyoratga kelganlar orasidan birisi to'satdan Hazratga:
– Siz tomondagi odamlar «Alloh qaerda?»- degan savolga, «Osmonda»,- deb javob bergan kishini vahobiy, deb ta'na qilishar ekan. Shu insofdanmi, taqsir?! – deya e'tirozli ohangda savol berib qolibdi.
Hazrat unga qarab:
– Agar osmonda demasa, u kishini sizlar nima deb ataysizlar?!- debdilar.
– Kofir, deymiz!- debdi haligi kishi shoshilib.
Shunda Hazrat:
– Musulmonni vahobiy deb tahqirlash insofsizlik bo'lar, to'g'ri, chunki vahobiy ham musulmonku! Ammo siz musulmonni kofir deyapsiz. Haqiqiy insofsizlik bunisi emasmi?! – debdilar.
Bergan savolidan o'zi kutmagan javobni olgan kishi mum tishlagandek jim qolibdi.

loading...