92 YoShLI ONAXON BIR KUNDA 70 KILO PAXTA TERDI…

0

 

Toshkent viloyati Pskent tumanida yashovchi 92 yoshli Qo'ysinoy Anorboyeva nabiralar, farzandlar, chevaralar qurshovida o'tirish o'rniga yaqinda paxta paykaliga chiqdi. G'ayrati vujudiga sig'may ketavergan-da! Nima bo'lganda ham bir umr halol peshona teri evaziga yashagan, jismoniy mehnatda suyagi qotgan onaxon yoshlarga shu ulug' yoshda ham hali kuchdan qolmaganini amalda isbotlashga ahd qilibdi. Qarang, bir kunda Qo'ysinoy ona oz emas, ko'p emas, 70 kilogramm paxta terib berdi. Albatta, onaxonning mehnati e'tiborsiz qolgani yo'q. Toshkent viloyat hokimiyati vakillari Qo'ysinoy onaga tantanali ravishda «Artel» televizorini mukofot sifatida taqdim etishdi.

 

loading...