Bugun Senatda Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniyev masalasi ko'tariladi

0

Bugun Oliy Majlis Senatining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lishi kutilmoqda. Unda Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniyev masalasi ko'tariladi. Bu haqda senat raisi o'zining “Fasebuk” dagi sahifasida ma'lum qildi.

“Farg'ona viloyati hokimi, senator Shuxrat G'aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi 2 kundan buyon jamoatchilik tomonidan qizg'in muhokama qilib kelinmoqda.

Muhokamalar jarayonida Sh.G'aniyevning xatti-harakatlari keng omma orasida salbiy e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu holat yuzasidan bugun Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qilaman”, deyiladi xabarda.

loading...