Otishmada halok bo'lgan o'zbek kapitani

0

Xizmat vazifalarini ado etish vaqtida halok bo'lgan huquq-tartib muhofazachilari. Bu qiyin mavzu, ayniqsa bizning tinchligimiz uchun jonlarini bergan qahramonlarning do'stlari, qarindosh va yaqinlari uchun.  Chunki vaqt aslida yaqin kishini yo'qotish azobidan xalos etmaydi, bu og'riqni davolamaydi. Ammo qahramonlar haqida gapirish kerak. Buning sababi ko'p. Ular “xotira bilan tirik” bo'lganlari uchun ham, ularning jasorati va fidokrliklari misolida huquqni muhofaza qiluvchi yangi avlodni tarbiyalash uchun ham.

Bunday qahramonlardan biri, ko'p yillar Toshkent shahar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan va xavfli jinoyatchilar bilan kurshda halok bo'lgan prolifaktika inspektori kapitan Nail Valiulin edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 13-yanvardagi Farmoni bilan N. Valiulin vafotidan keyin II-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlandi. Odamlari haligacha bu ajoyib insonni yodga olishadi.

Dekabr tunlaridan birida (1997 yil 2-dekabr kuni), Shayxontoxur tumani IIB profilaktika inspektori kapitan Nail Valiulin shogirdi starshina Abdurashid Tirkashev bilan o'zlariga qarashli hududni ko'zdan kechirib chiqayotgan edilar. Restoran yonida ular “Jiguli” rusumli avtomobilni ko'rib qolishadi, bu holat xodimlarga g'alati tuyuladi: chunik mashina kunduzi ham o'sha yerda turgan edi. “Jiguli” mahallada yashovchilarga ham, restoran ishchilariga ham tegishli bo'lmagan… Ular mashinaga yaqinroq kelganlarida, qorong'u salonda kimdir borligini ko'rishdi. Avtomobilda uch nafar erkaklar bo'lgan. Profilaktika inspektorlari fuqarolardan hujjatlarini taqdim etishlarini so'rashgan. Tayinli javob ololmagach, ularga shaxslarini aniqlash uchun tayanch punktiga borishlarini taklif qilishdi. Kapitanning iltimosiga javoban haydovchi o'rindig'ida o'tirgan kishi mashina eshiklari qulflanmasligi sababli uni tark etmasligini ma'lum qilgan. Qolgan ikki nafar fuqarolar esa Valiulin bilan tayanch punktga borishdi. Ammo u yerda ham fuqarolar kapitanning savollariga tayinli javob berishmagan. Kapitanning shubhasi kuchaygach, u avtomobilni ko'rib chiqishga qaror qiladi.

“Jiguli” salonida o'tirgan erkak yaqinlashib kelayotgan xodimlarni ko'rib, qurolni tayyorlab nishonga oldi. Buni sezgan kapitan to'pponchasi ola turib, Abdurashid Tirkashevga imkon qadar uzoqroq masofaga ketib ehtiyot bo'lishni buyurgan.

Shu paytda mashinada o'tirgan kishi o'q uzishni boshladi. Uning sheriklari tayanch punkti binosidan yugurib chiqib, o'rtoqlariga yordamga shoshishdi. Otishma boshlandi. N. Valiulin yaralangach ham qahramonlarcha kurashishni davom etdi. Jinoyatchilardan biri qo'liga granata olib, uni ko'p qavatli uylar tomon uloqtirmoqchi bo'ldi. Ammo uni xonadonlar oynasiga uloqtirishga ulgurmadi: kapitan fojeani oldini olishga ulgurib, zarbani o'zi qabul qildi. Jinoyatchi voqea joyida halok bo'ldi. Profilaktika inspektori “tez yordam” mashinasida hayotdan ko'z yumdi.

Kapitan N. Valiulinning dovyurakligi va jasorati sababli katta fojeaning oldi olindi. Agarda jinoyatchi granatani uloqtirishga ulgurganida, qurbonlar soni ko'proq bo'lar edi. Kapitan, shogirdi Abdurashid Tirkashevni hayotini ham asrab qoldi.

N. Valiulin ilgari ham ko'pni ko'rgan jinoyatchilar bilan to'qnashar edi. Har safar, o'z hayotini xavf ostiga qo'yib bo'lsa ham qonunbuzarlarni to'xtatardi. U hayotidagi so'nggi qo'lga olishni ham aniqlik va mahorat bilan amalga oshirib, hayotdan qahramonlarcha ko'z yumdi.

loading...