O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 4 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Kun avvalidayoq ishxonangizda sizga ilgarigidan-da kuchliroq hurmat ko'rsata boshlashsa, sira hayron bo'lmang. Siz halol mehnatingiz bilan shunday hurmatga loyiq deb topilgansiz. Muhabbatda esa aksincha juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga tuyg'ularingiz sofligini yana bir bor isbotlashingiz zarur bo'ladi. Agar bu ish qanday amalga oshirilishini yoddan chiqargan bo'lsangiz, shoirning ishqiy mavzuda bitilgan she'rlariga e'tibor qarating. Albatta esingizga tushadi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

4 oktyabr kuni kichkinagina daromaddan umid qilsangiz bo'ladi. Bu mukofot yoki bajarilishi kutilayotgan yangi ish uchun avans bo'lishi ham mumkin. Organizmga ziyon yetkazib qo'ymaslik uchun yaroqlilik muddati o'tgan mahsulotlarni yeyishdan ehtiyot bo'ling. Ba'zida och qolish ham organizmga foyda beradi. Oilada o'z so'zingizni o'tkazishga urinmang. Bu qarindoshlar oldidagi hurmatingizga putur yetkazishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Omadingizni bersin!

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun oldingizda murakkab vazifa turadi. Hamkasblarning kayfiyatini jangovar holatga keltirishingiz kerak. Ammo bu vazifani bajarishda hech kimga qo'pol munosabatda bo'lmang. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda bugun faqat o'z kuchingizga suyanishingiz kerak bo'ladi. Juftingiz bilan muloqot jarayonida miyangizga o'zaro munosabatlaringizga taalluqli ajoyib g'oyalar quyilib kelishi kutiladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

4 oktyabrda atrofdagilar, ishxonangizdagilar bilan muloqotda tilingizga mahkam bo'lishingiz talab etiladi. Til ular bilan orangizdagi munosabatlarga putur yetkazib qo'yishi mumkin. Kun davomida sog'lom turmush tarzini kechiring. Ko'p harakat qiling, vitaminlarni ko'proq iste'mol qiling. Kechqurun anchadan beri miyangizda saqlab kelgan g'oyani hayotga tadbiq etishingiz uchun qulay imkoniyat tug'iladi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun vaqtni ortga qaytarishingiz kerak bo'ladi. Yaqin o'tmishni yodga olib bitmay qolgan ishlarni bitiring. Kun bo'yi o'zingizga yoqadigan odamlar bilan muloqot qiling. Ular sizga foydali maslahatlar beradi. Shaxsiy muammolaringizni ijobiy hal etishda yaqindan yordam ko'rsatadi. Kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishingizga to'g'ri kelishi mumkin. Safar davomida faylasufona fikrlarni o'rtaga tashlashdan tiyiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

4 oktyabr kuni kunning birinchi yarmida notiqlik san'atingizni ishga solishingiz uchun ehtiyoj tug'iladi. Bu san'atingiz ish bitirishda, yangi tanishuvlarda juda kerak bo'ladi. Tadbirkorlarning ayrimlari bugun yirik loyihalardan biriga katta pul tikishlari mumkin. Oiladagi yig'ilib qolgan muammolarni bartaraf etish jarayonida ancha-muncha asab va kuch sarflashingizga to'g'ri keladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Tarozi burji ostida tug'ilganlarning olis safarga otlanganlari juda ehtiyot bo'lishlari kerak. Yomonlardan yiroq bo'lishga harakat qiling. Muhim hujjatlarni qayta-qayta ko'zdan o'tkazishga erinmang. Eski qadrdonlar bilan munosabatlarda ham sovuqchiliklar ko'zga tashlanadi. Ularning qaysidir biri bahslashib turib sizni ranjitadigan gap aytib yuborishi mumkin. Salomatlikni mustahkamlash masalasida zarur amallarni ado etishingiz zarur.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

4 oktyabrda istaklaringiz bir dunyo ekaniga guvoh bo'lasiz. Ammo ularni haqiqatga aylantirishning imkoni bo'lmaydi. Duch kelgan ishni amalga oshiraverishdan saqlaning. Faqat nafi tegadigan ishlargagina qo'l uring. Serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Arzimas ehtiyotsizlik ham jiddiy jarohat yetishiga sabab bo'lishi mumkin. Pullaringizni tejab ishlatish ham yodingizdan chiqmasin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun ertalabdan uddaburonlik va tadbirkorlikka moyil jihatlar yuzaga chiqadi. Hatto, yaqinlaringiz bilan muloqotda ham o'zingizni tadbirkorlardek, diplomatlardek tuta boshlashingiz mumkin. Birovlar qarz so'rab kelsa, faqat qaytarishni cho'zmaydiganlargagina bering. Bugun ijod qilish, sevimli xobbingiz bilan band bo'lish va romantik tanishuvlar muvaffaqiyatli kechadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

4 oktyabr kuni ishxonangizda zimmangizdagi vazifalarni a'lo darajada ado eta olsangiz, kuningiz tuqqani o'sha. Mukofot naqd deyavering. Ayrimlar dangasalik domiga tushib qolishi ham ehtimoldan xoli emas. Agar bir tiyinsiz qolib ketishni istamasangiz, shaytonga xay bering va ishchan odamga aylaning. Kechki payt uzoq qarindoshlardan biri haqidagi xabar kayfiyatingizni buzishi kutiladi.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

Ish joyingizda hamma biladigan va ko'rgan iste'dod qirralaringizni qayta namoyish etishga urinmang. Ro'zg'ordagi muammolar kechgacha oyog'ingizdan olishi mumkin. Ularni to'liq ado etish uchun ishdan ruxsat so'rashingizga to'g'ri kelishi ham ehtimolga yaqin. Kechqurun sizning sha'ningizga bir-biridan iliq so'zlar yog'ilishi kutilmoqda. Xastalangan qarindoshlardan tez-tez xabar olib tursangiz, savobi tegadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

4 oktyabrda baliq burji ostida tug'ilganlar tabiatida injiqlikka o'xshash jihatlar kuzatilishi kutilmoqda. Bu ishingizga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi tayin. Kunning ikkinchi yarmida esa do'stlaringizdan biri kayfiyatingizni ko'taradigan gaplarni aytadi. Kechqurun hammomga yoki saunaga borish yoqimli va foydali kechadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi