XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

0

 

 

DUNYoNING ENG PAKANA ODAMLARI

 

Gul Muhammad, 1957-1997, Hindiston. Bo'yi 57 sm

 

Dunyoning eng pakana odami hisoblangan Gul Muhammad sirkda faoliyat yuritgan va hayotidan hech qachon nolimagan. Ammo 1997 yili shamollashni o'tkazib yuborish tufayli olamdan o'tdi. Vrachlarning aytishicha, u haddan tashqari ko'p sigaret chekish oqibatida organizmiga jiddiy ziyon yetkazgan.

 

 

Adjay Kumar, 42 yosh, Hindiston. Bo'yi 76 sm.

 

Bu qadar past bo'yli bo'lishiga qaramay, Adjay Kumar bolalikdagi aktyor bo'lishdek buyuk orzusini ro'yobga chiqardi.  Bollivudda u «Unda Pakru» taxallusi ostida 50 dan ortiq filmlarda suratga tushdi. Qolaversa, uylangunga qadar Adjayning ma'shuqalari juda ko'p bo'lgan. 2005 yili bo'yi o'zidan ikki hissa novcha Gayatri Moxanga uylandi. Ushbu to'y marosimi Hindistondagi barcha telekanallar orqali namoyish etilgan.

 

 

Chen Gilyan va Li Tangong, Xitoy. Bo'yi 80 sm va 108 sm.

 

Bu ikki juftlikning nikohdan o'tish marosimi Xitoyning Shunde shahrida bo'lib o'tgan va mamlakat uchun alohida madaniy tadbirlardan biriga aylandi.

 

 

Edvard nino Ernandes, 32 yosh, Kolumbiya. Bo'yi 70 sm.

 

Bu erkakning bo'yi 2 yoshida o'sishdan to'xtagan. 2010 yil sentyabrida uni rasman dunyoning eng pakana odami sifatida tan olishdi.

Edvard Kolumbiyaning Bogota shahrida yashaydi. Uylanmagan.

 

 

Xi Pinpin, 1988-2010, Xitoy. Bo'yi 74 sm.

 

Xitoyning Ichki Mongoliya avtonom tumanida tavallud topgan. 2010 yili Rimga televizion shoulardan birida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Ammo kutilmaganda o'zini yomon his eta boshlagan. Xi darhol kasalxonaga yotqizilgan. Baxtga qarshi olamdan o'tgan. Vrachlar aytishganki, Xi juda ko'p chekarkan. Uylanishga ham ulgurmadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...