O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 8 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

8 oktyabr kuni atrofdagilar bilan muloqotda, ish jarayonida va muhabbatda emotsiyani qattiq nazoratda ushlagan holda harakatlar sodir etishingiz talab etiladi. Emotsiyaga erk bersangiz, o'zingizga ziyon yetib qolishi mumkin. Kun davomida badantarbiya bilan shug'ullanishni ham unutib qo'ymang. Ayniqsa, bel va oyoqlar mustahkamligini saqlash uchun xizmat qiladigan jismoniy mashqlar sizga juda zarur. Toza havodan ko'proq nafas olishga harakat qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Agar ertalab uyqudan turiboq pozitiv kayfiyatga ega bo'lsangiz, bilingki, kun bo'yi har qanday ishda ham albatta muvaffaqiyatlar qozonasiz. Dangasalik, erinchoqlik pozitiv ta'sirida joyini topib ketadi. Ijodkorlarning ham bugun kuni tug'adi. Ilhomning manaman deganlari faqat siz bilan birga bo'ladi. Olis safarga chiqish zarurati tug'ilsa, uni boshqa kunga qoldira turing.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

8 oktyabrda har jabhada tanaffuslar ko'zga tashlanishi mumkin. Ishingiz, shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq yangiliklarni qidira boshlaysiz. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelsa, qalbingizga quloq tuting. U sizga albatta to'g'ri yo'l ko'rsatadi. Bugun sizni hayron qoldirib zerikarli va mayda yumushlar yaxshigina daromad hadya etishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutib qo'ymasligingiz tavsiya etiladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun kuningiz odatdagidan ham xotirjamroq o'tadi. Tog'ni tolqon qilishni mo'ljallagan bo'lsangiz, xotirjam bo'lavering. Uning o'zi sizni qidirib keladi. Har ishda qobiliyatingizga shubha nazari bilan boqmang. Moddiy ahvolingizni bugun faqat qarz ko'tarish bilan yaxshilay olasiz. Busiz ko'zlangan daromadga ega bo'la olmaysiz. Xarid qilishni rejalashtirgan bo'lsangiz, uni boshqa kunga qoldiring. Buning o'rniga romantikaga oshno tutining.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

8 oktyabr kuni goh hamkasblar, goh qarindoshlar bilan bahsga kirishishingiz kutiladi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi kuningiz shunday bahslarga, asabiyliklarga boy bo'lishi mumkin. Agar xotirjamlikni qo'ldan boy bermasangiz, asabiyliklarni chetlab o'tishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kelajak uchun loyihalar o'ylab topish amalini keyinga surishingizga to'g'ri keladi. Suyukli insoningiz bilan munosabatlarda muloyimroq bo'ling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun notiqlik san'atingiz zarur bo'ladi. Uning yordamida nuqul sizni tanqid ostiga olaveradigan insonlarni ham o'z tarafingizga og'dira olasiz. Shaxsiy biznesga qo'l urganlar uchun bugun sinovlar kuniga aylanishi mumkin. Pulni pulga urishtirishni yaxshiroq o'zlashtirish uchun tajribali tadbirkorlarning maslahatlarini quloqqa oling. Kechqurun uyingizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalarni ortga surmasligingiz tavsiya qilinadi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

8 oktyabrda ishlaringiz boshingizdan shu qadar oshib toshadiki, kechqurunga borib uygacha arang yetib olishingiz mumkin. Ammo bu yaxshilikka. Vijdoningiz, qalbingiz sokin tortadi. Chunki kun davomida chin yurakdan ishlaysiz. Moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida jiddiy muammo va to'siqlarga duch kelishingiz mumkin. Salomatlikni ham e'tibordan chetda qoldirmang. Aks holda shamollashni orttirib olishingiz hech gap emas.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Juftingiz bilan munosabat yuritganda, yon berishga moyil bo'lishingiz lozim. Qilayotgan ishlaringizga mustaqil fikrlagan holda yondashing. Ya'ni, birovlar kelib maslahat bersa, quloq tutib qolishdan saqlaning. Uyquga yotishdan oldin tanani bo'shashtiruvchi vanna qabul qilishingiz zarur bo'ladi. Terini tozalash amallari ham muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun qachonlardir birga o'qigan qadrdonlarning biri haqida xushxabar eshitasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

8 oktyabr kuni nafaqat serqatnov yo'llarda, balki uyda ham ehtiyot bo'ling. Biror ishga qo'l urishdan oldin uni qanday to'g'ri bajarish haqida ma'lumotlar olishga harakat qiling. Moliyaviy masalada ham e'tiborli bo'ling. Yo'qsa, pullaringiz birovlarning kissasiga tushib ketishi mumkin. Ularni qaytarib olish esa keyin qiyin kechadi. Kechqurun sport mashg'ulotlaridan qat'iyan voz keching.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun ayrimlar ertalab olis safarga otlanishi kutilmoqda. Safar favqulodda paydo bo'ladi. Ammo maroqli o'tadi. Basharti hamon yolg'iz bo'lsangiz, safar davomida romantik tanishuvni ham boshdan kechirishingiz mumkin. Ro'zg'or buyumlaridan qaysidir biri buzilishi kabi mayda ko'ngilsizliklar sodir bo'lishi kutiladi. Bu sizni katta pulga tushirishi ham ehtimoldan xoli emas.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

8 oktyabrda tushga qadar moliyaviy ahvolingizni qanday yaxshilash haqida bosh qotirasiz. Ammo yo'lini topasiz va bu muammoni ko'ngildagidek bartaraf etasiz. Faqat jon jahdingiz bilan ishga kirishmang. Organizmingiz jismoniy zo'riqishi yaxshilikka olib kelmaydi. Juda bo'lmasa, tanishlardan picha qarz ko'tarishingiz ham ziyon qilmaydi. Oilangizda yaqinlar bilan ba'zi masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun ish jarayonida topqirlik va uddaburonlik sizning xizmatingizda bo'ladi. Biroq oilada aksini ko'rasiz. Juftingiz sizni bo'shanglikda ayblashi mumkin. Moliyaviy muammolar sizga so'zsiz itoatda bo'ladi. Sarflagan kuchingiz va vaqtingizni oladigan pullaringiz to'liq oqlaydi. Kechqurun ovqatlanish rejimiga amal qiling. Me'yorni biling. Ko'cha taomi iste'molidan yuz buring.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here