O'zbekistonlik MMA’chi bevaqt olamdan ko'z yumdi

0

4 oktyabr kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida ACA 100 turniri bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik MMA’chi Bekzod Nurmatov (11-1) mezbon Beslan Isayevga (38-10) qarshi to'qnash keldi. Bellashuvda hakamlar qaroriga ko'ra, Isayevning qo'li baland keldi.

Mazkur jangdan keyin Nurmatovning bugun olamdan ko'z yumgani ma'lum bo'ldi. Taxminlarga ko'ra, u Isayevga qarshi jangda olgan jarohati sabab vafot etgan.

O'zbekiston vakili yarim o'rta vazn toifasida oktogonda jang o'tkazib kelgan. U jangovar sambo hamda boshqa yakkakurash sport turlari bo'yicha bir qator musobaqalarning g'olib va sovrindoriga aylangandi.