Andijonda ikki nafar maktab muallimini shafqatsizlarcha kaltaklashdi. Nega?..

0

 

Shu yil Andijondagi №50 o'rta maktabda direktor o'rinbosari Sh. U. va harbiy ta'lim muallimi G. A. lar matematika muallimasi D. Yu. ga darsga kechikkani va kiyinish madaniyatiga amal qilmaganini aytib tanbeh berishgan. Muallima va ikki pedagog o'rtasida jiddiy janjal yuzaga kelgan. Shunda muallima ularning ustidan eriga shikoyat qilishini aytgan-u, ketgan. O'shanda soat kunduzgi 13: 20 edi. Soat 13: 35 da muallimaning eri U. T. yonida ikki do'sti bilan maktab hovlisiga kirib borgan. Uchchovlari ham temir ko'tarib olishgan ekan. Maktab direktori hamda harbiy ta'lim muallimini shafqatsizlarcha kaltaklashdi. Ajratishga kelganlarning ba'zilari ham qo'rqitishlardan, haqoratlardan, kaltaklardan quruq qolmadi. Soat 14: 00 da maktabga profilaktika inspektorlari yetib kelishdi. Bu vaqtda muallimaning eri va do'stlari ketib bo'lishgandi. Jabrlanuvchilarni kasalxonaga olib borishdi. Vrachlar aytishdiki, maktab direktori o'rinbosari miya chayqalishiga uchragan, burni singan, o'ng ko'zi atrofiga jabr yetgan, tizzasidan jarohat olgan. Harbiy ta'lim muallimi ham miya chayqalishiga uchragan, burni singan, chap qo'li va son qismidan jiddiy jarohat olgan. Ikkita tishi sinib tushgan.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

 

loading...