Toshkent aeroportida hushidan ketgan bemor «Tez yordam» kechikkani uchun vafot etdi. Bunga aslida kim aybdor?..

0

 

Shu yil 11 sentyabr kuni ertalab soat 07: 25 da Toshkent xalqaro aeroportida 60 yoshli erkakning yuragi xuruj qilib, hushidan ketgan. Shu zahoti «Tez yordam» chaqirilgan. «Tez yordam»chilarning aytishicha, soat 07: 26 da ular yo'lga chiqqan. Biroq Yakkasaroy tumanidagi tantanalar zali ro'parasida «probka»ga tushishgan. Garchi sirenalar yoqilgan bo'lsa-da, biror haydovchi ularga yo'l bermagan. «Tez yordam» mashinasi shu ko'yi 5-6 daqiqa yo'lda turib qolgan. Aeroportga yetib kelishganda, shu yerdagi tibbiyotchilar bemorga qo'llaridan kelgancha yordam ko'rsatishga urinishardi. Ularga «Tez yordam»chilar qo'shilishdi. Afsuski, bemorning hayotini saqlab qola olishmadi. Bemor olamdan o'tdi.

Xo'sh, bu yerda kim aybdor? Albatta haydovchilar. «Tez yordam» mashinasiga har kim har qanday sharoitda yo'l berishi shart. Sog'liqni saqlash vazirligidagilar to'g'ri aytishgan. Yevropada haqiqatan bu masalaga madaniyat bilan yondashishadi. Hukumat miqyosida aynan «Tez yordam» mashinalariga yo'lda harakatlanish sohasida qo'shimcha huquqlar berilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Negaki, kasal bo'lish har kimning boshida bo'lishi mumkin. Issiq jon-da. Har bandani xudoning o'zi panohida asrasin!

To'g'ri, aeroportda olamdan o'tgan erkakning kun-soati bitgan bo'lishi mumkin. Sababi, har birimizning peshonamizga qancha yashash, qachon, qaerda, qay sharoitda o'lim topish yozib qo'yilgan. Lekin xudo bizga harakat degan imkoniyatni ham berib qo'ygan. Shu harakatimiz hisobiga u umrimizni uzaytirishi ham mumkin.

Astag'firillo!!!

 

loading...