Uzbekistan Research Online – OTM ilmiy jurnallari dunyoga yuz tutmoqda

0

7 oktyabr kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan yaratilgan O'zbekiston Respublikasi ilmiy jurnallari resenziyadan o'tkaziluvchi raqamli platforma – Uzbekistan Research Online`ning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi (Niderlandiya) o'rtasida tuzilgan bitimga ko'ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan yurtimiz OTMlari ilmiy jurnallarni birlashtirgan hamda ikki marta anonim resenziyadan o'tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo'llash imkoni mavjud bo'lgan noyob platforma yaratildi.

Uzbekistan Research Online tashkil etilishi O'zbekiston ilm-fanining jahonga yuz tutishida strategik muhim qadam hisoblanadi, – dedi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov. – Bu imkoniyat oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo'shadi, ilmiy jurnallarning raqobatbardoshligini ta'minlaydi, qolaversa, mahalliy olimlarni butun dunyoga ko'rsatish imkoniyatini beradi.

Bepress Prezidenti Jan-Gabriel Bankier www.uzjournals.edu.uz platformasining ishga tushishi bilan o'zbek olimlarning ilmiy ishlari dunyoning yigirmadan ortiq davlatlarida to'rt yuz martaga yaqin yuklab olindi. Bu boshlanishi, xolos deya qayd etdi.

loading...