21- asr o'rtalariga borib iqlimning ommaviy tarzda keskin isib ketishi kutiladi…

0

 

Shu masalada Amerika olimlari navbatdagi izlanishlarni olib borishdi. Izlanish natijalariga ko'ra shu narsa ma'lum bo'ldiki, agar atmosferaga tarqatilayotgan zaharli gazlar shu tempda davom etsa, asr o'rtalariga borib iqlimning ommaviy isish darajasi 80 foizgacha ortishi mumkin. Bu keksalar, surunkali xastalik bilan og'riganlar o'rtasida favqulodda o'lim holatlarini ko'paytiradi. Elektr energiyasi yetkazib berish qiyinlashadi. Bunga katta shaharlardagi betinim ishlovchi sovitkichlar ham sababchi bo'ladi.

— Iqlimning ommaviy tarzda isish holati bu yil yoz oylarida ham kuzatildi, — deydi izlanish mualliflaridan biri Toni Barnston. — Hatto, shimoliy hududlarda ham havo harorati 5-8 daraja yuqori bo'ldi.